Bosh vazir o‘rinbosari Sirdaryoda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi “Omonboy o‘g‘li Tugal” fermer xo‘jaligi paxta dalasida bo‘lib, paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan terimchi ayollar bilan suhbatlashdi.
Suhbatda ayollarni mavsumiy ishlardan tashqari tadbirkorlikka o‘qitish va ularga subsidiya asosida kerakli jihozlarni olib berish hamda xotin-qizlarning daromadlarini yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi.Ilg‘or terimchi ayollarga sovg‘alar ulashildi.

Z.Mahkamova Baxt shahrida joylashgan tug‘ruq kompleksidagi sharoitlar bilan ham tanishdi. Onalik baxtiga erishgan ayollar bilan suhbatlashdi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirdi.

Tug‘ruqxonaning zarur vositalar bilan ta’minlangani yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi. Mas’ullarga onalar salomatligi bo‘yicha har oyda ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazish, maslahat kunlarini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Bosh vazir o‘rinbosarining tashrifi davom etmoqda.



Sh. Suyarov, O‘zA muxbiri