“Bor mehrimiz senga, bolajon”
O‘zbekiston “Adolat” sotsial - demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan “Bor mehrimiz senga, bolajon” nomli donorlik aksiyasi Qashqadaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Unda viloyatdan 458 nafar muruvvatli inson ishtirok etdi. 197 nafar donor o‘z ixtiyori bilan 88 litr 650 gramm miqdorida qon topshirib, xasta bolajonlarga mehr ko‘rsatdi.



Shuningdek, “Mehr karvoni” aksiyasi doirasida xayr-saxovat tadbirining himmati baland muruvvatli insonlari Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining gematologiya, onkologiya bo‘limlariga tashrif buyurib, xasta bolajonlarning ko‘nglini ko‘tardi.


Ushbu aksiyalar doirasidagi tadbirlar viloyatning Mirishkor va Nishon tumanlarida ham tashkil etildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri