Bokschilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda
Shu kunlarda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi tajribali murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunov boshchiligida Xitoyning Taychjou shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etayotgan bo‘lsa, 20 nafar o‘smir bokschilarimiz Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boshlangan turnirda Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.
Xitoyda o‘tayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 28 fevralga qadar davom etadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda Xitoy va Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.

Sankt-Peterburgda boshlangan turnirda mamlakatimizning umidli charm qo‘lqop ustalari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon kabi davlat vakillari bilan kuch sinashadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA