Belarus prezidenti saylovlari qachon oʻtkaziladi?
Belarus parlamenti juma kuni respublikada prezident saylovi boʻlib oʻtadigan kunni belgilash masalasini muhokama qiladi.
Belarus parlamenti juma kuni respublikada prezident saylovi boʻlib oʻtadigan kunni belgilash masalasini muhokama qiladi. Bu haqda “RIA Novosti” mamlakat parlamenti quyi palatasi matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib xabar berdi.
“Ertaga yigʻilish rejalashtirilgan... Saylovni belgilash masalasi koʻrib chiqiladi”, — deyilgan xabarnomada. Kutilayotgan majlisda deputatlar muhokamasiga saylov bilan bogʻliq qaysi sanalar taklif etilishiga aniqlik kiritilmagan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bundan avvalroq yangi koronavirus epidemiyasiga qaramasdan, shu yilning yozida davlat rahbarligi uchun saylovlar albatta oʻtkazilishi, yaqin orada ushbu sana aniqlanishi, ovoz berish esa uzogʻi bilan avgust oyi oxirigacha boʻlib oʻtishi toʻgʻrisida bayonot bergandi.
Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytiga joylashtirilgan taqvimda Belarusda prezident saylovi 2020-yil oʻtishi qayd etilgan. Avvaliga MSK rahbari Lidiya Yermoshina saylov faqat 30-avgust kuniga belgilanishi haqiqatga yaqinligini bildirgandi. COVID-19 pandemiyasi tufayli respublikada favqulodda holat eʼlon qilingani bu muddat oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin edi. Hozirgi vaziyatga qarab, oʻzgarish yuz berishini kutmasa ham boʻladi.
Soʻnggi xabarlarga koʻra, MSK raisi saylov kuni uchun nazarda tutilayotgan toʻrt sana haqida gapirib oʻtgan: 9, 16, 23 va 30-avgust.
Rasman esa Belarus prezidenti saylovi boʻlib oʻtadigan kun hali eʼlon qilinmadi. Demak, yakuniy qarorni parlament chiqaradi.