Bektemir tumani: o‘zgarish va yangilanishlar (+video)
So‘nggi yillarda Toshkent shahri barcha tumanlari bo‘ylab kommunal sohada ham jadal o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Ijodiy guruhimiz bilan Bektemir tumanida kunning jazirama issiq havosiga qaramasdan joylarda har bir soatdan unumli foydalanib, mavsumiy kamchiliklar oldini olish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganiga guvohi bo‘ldik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi 172-sonli qaroriga asosan 2022 yil “Obod qishloq-Obod mahalla” dasturi yuzasidan Bektemir tuman hududida ijtimoiy ob’ektlarni qurish bo‘yicha “Yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi” buyurtmachi tomonidan “Iyik ota” mahalla hududida 990 o‘rinli yangi maktab qurilishi amalga oshirilmoqda. Ushbu maktab yangi o‘quv yilida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Iyik ota” mahallasi hududidagi 347-sonli umumta’lim maktabi binosi yon qismiga 660 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, "Rohat" mahallasi hududidagi 28-uyning yerto‘la qismida ta’mirlash ishlariolib borilib, muddati eskirgan quvurlar yangilariga almashtirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YBpR_Ayb7Sk" title="Bektemir tumani: o‘zgarish va yangilanishlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Aholiga qulaylik yaratish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 9 fevraldagi 50-sonli Prezident qaroriga asosan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun ajratilgan mablag‘larni hisobidan "Mirishkor" mahallasi hududidagi 34-uyning kirish yo‘laklari mukammal ta’mirlanmoqda. “Nurliyul” mahalla fuqarolar yig‘ini “Mehnatobod” ko‘chasida uzunligi 700 m bo‘lgan piyodalar yo‘lagi barpo etilib, “Rohat” mahallasi 32-uyning orqa qismida mevali va manzarali ko‘chatlar uchun sug‘orish tizimi o‘rnatildi.
Mavsumiy elektr energiyasi ta’minoti uzilishlarini oldini olish maqsadida, Bektemir tumani Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Zabardast” mahallasida yangi transformator o‘rnatilib, montaj ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Bektemir tumanining arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarni obodonlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 175-sonli qaroriga ko‘ra "Musaffo" mahallasining tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilash hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida "Nurafshon" va Navbahor ko‘chalariga jami 13 ming 700 kv.m asfalt qoplamasi yotqizilayotganini kuzatishimiz mumkin.
Mas’ullarning aytishicha, yana bir yil 2024 yilning 1 iyuliga qadar Bektemir tumani arxitektura qiyofasi bosqichma-bosqich butkul yangicha qiyofa kasb etarkan. Nima bo‘lganda ham, amalda bajarilayotgan ishlar ko‘p yillar davomida mahalliy aholining yashash tarzini yengillashtirishga xizmat qiladi degan umiddamiz.
M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA