Ayollar birdamligi va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti (+video)
Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Birga yuguramiz, birga yuksalamiz” shiori ostida ommaviy marafon bo‘lib o‘tdi.
Mazkur marafonda 200 nafardan ortiq ayol tadbirkorlar va turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar faol ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar 3 kilometr masofani bosib o‘tib, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Tadbir yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar aniqlanib, ularga pul mukofotlari hamda tashakkurnomalar topshirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sn4HYj90sJM" title="Ayollar birdamligi va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA