Axborot xizmatlari qanday ishlashi kerak?
Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan oʻtkazilgan oʻquv-seminarda asosan shu haqda soʻz yuritildi.
Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan oʻtkazilgan oʻquv-seminarda asosan shu haqda soʻz yuritildi.
“Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzuidagi seminarda Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boʻlim boshligʻi J.Qudratov, agentlikning Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi hududiy boshqarmalari rahbarlari mazkur seminarni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad va vazifalar haqida soʻz yuritdi. Prezidentimizning shu yil 27-iyunda qabul qilingan qaroriga koʻra, davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan keng koʻlam ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Shundan soʻng soha boʻyicha malakali mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar – Beruniy Alimov, Gulnora Nishonova, Gulmira Shukurova seminar ishtirokchilari uchun mahorat darslari oʻtdi. Axborot xizmatlarining asosiy maqsad va vazifalari, tashkilot imiji va uni boshqarish, mediarejalashtirish asoslari, jamoatchilik va OAV vakillari uchun tadbirlar tashkil etishning samarali uslublari, PR-matnlar tayyorlash qoidalari, matbuot anjumani, mediatur, brifinglar oʻtkazish va boshqa muhim masalalarga eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilar bilan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
