Avval qishlog‘i yanada obodonlashadi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanida turizm-rekreatsion hududini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ–5-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanining Avval mahallasida “Turizm qishlog‘i”ni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur loyiha hududning turizm salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Navbatdagi o‘rganish va muhokama jarayonlarida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Farg‘ona tumani hokimi Nodir Mashrabov, viloyat arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislari, ishchi guruh a’zolari, Turizm direksiyasi vakillari, mahalliy tadbirkorlar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida “Turizm qishlog‘i” hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, turistik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, mehmonlar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, milliy an’ana va qadriyatlarni aks ettiruvchi maskanlarni tashkil etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hududning me’moriy qiyofasini yanada takomillashtirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Bugun Avval mahallasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar nafaqat hududning turistik jozibadorligini oshirishga, balki uning o‘ziga xos tarixiy-madaniy qiyofasini namoyon etishga ham xizmat qilmoqda. Yaqin kelajakda ushbu maskan Farg‘ona vodiysining eng e’tiborli va sayyohlar tashrif buyuradigan manzillaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
“Turizm qishlog‘i” loyihasi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fQ9d8RWoJkw" title="Avval kishlog‘i yanada obodonlashadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov (video) O‘zA