Atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat
Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida Butunjahon atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan “Tabiatni asrash uchun barchamiz birdek javobgarmiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis deputati, partiya fraksiyasi a’zosi Navro‘zbek Yusupov “Ekologik muammolar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasining huquqiy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi. Deputat ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarning ekologik bilimlarini boyitish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

M.Komilova, O‘zA