«Atlas festivali»ga hozirlik (+video)
Marg‘ilon xalqaro «Atlas bayrami» festivaliga hozirlik ko‘ryapti. Unga 40 dan ziyod mamlakatdan yuzdan ortiq hunarmand, olim va dizaynerlar kelish istagini bildirdi. Festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, B2B uchrashuvlar, logistika hamda hunarmandchilik bo‘yicha hududlardan kelgan yoshlarga seminar-treninglar o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlar hozirdanoq boshlab yuborildi.
– Maqsad hunarmandchilikni rivojlantirish, O‘zbekistonga turistlarni chorlash, ming yillik tarixga ega nomoddiy merosimizni butun dunyoga targ‘ib qilishdan iborat, – deydi O‘zbekiston «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov.

«Atlas bayrami» YUNESKO shafeligida tashkil etilyapti. Ayni choqda uning ishtirokchilari kela boshladi. Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasi bayram qiyofasiga kirmoqda. Bu yerda hunarmandlar o‘z ijod namunalarini namoyish etadi.

– «Atlas bayrami» arafasida 5 kunlik xalqaro treninglar o‘tkazilyapti. U dunyoga nom taratgan usta Marina Kasimbayeva rahbarligida uyushtirilgan. Asosiy maqsad qadriyat va an’analarni saqlash, – deydi «Hunarmand» uyushmasi raisi.
<iframe width="1493" height="840" src="https://www.youtube.com/embed/15mtLhXEJ68" title="«Atlas festivali»ga hozirlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA