Argentina terma jamoasining qaytishi sababli mamlakatdagi barcha o‘yinlar qoldirildi
Bugun, 19-iyul yakshanba kuni Argentina JCh-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) milliy terma jamoaning Jahon chempionati–2026 dan qaytishi munosabati bilan 20 va 21-iyul kunlariga rejalashtirilgan barcha o‘yinlar to‘xtatilganini e’lon qildi.
Shu tariqa, Argentina Superkubogi, Primera Nasonal, Primera C, o‘rinbosarlar chempionati, ayollar chempionati, havaskorlar turniri, shuningdek, futzal bo‘yicha barcha musobaqa o‘yinlari boshqa muddatga ko‘chirildi.
Bugun, 19-iyul yakshanba kuni Argentina JCh-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi bahs AQSHning Ist-Raterford shahridagi "MetLayf-stadium" o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.