Antuan Semenyo nega Gana terma jamoasini tanlaganini aytdi
Butun oilam ham ishimni qo‘llab-quvvatladi.
Gana milliy terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi vingeri Antuan Semenyo nega Angliyani emas Ganani tanlagani haqida gapirdi.
"Gana futbol federatsiyasi menga 20 yoshda ekanimda terma jamoada o‘ynashni taklif qildi. Men esa ularga yo‘q deya olmasdim. Ushbu qarorni o‘ylab o‘tirmasdan qabul qildim. Butun oilam ham ishimni qo‘llab-quvvatladi. Ularning barchasi Gana terma jamoasiga muxlislik qiladi. Oilamdagilar AQShga jahon chempionatini tomosha qilish uchun borishni xohlashadi", - dedi Semenyo.
Eslatib o‘tamiz, Gana sobiq ingliz mustamlakasi bo‘lib, uning iqtisodiyoti hozir ham Londonga chambarchas bog‘liq.