Antaliya yirik diplomatik forumga mezbonlik qiladi
Dunyo liderlari va yuqori martabali hukumat amaldorlari 17–19-aprel kunlari Turkiyada o‘tkaziladigan “Antalya Diplomacy Forum 2026” (ADF2026) yig‘inida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.
“Kelajakni shakllantirishda noaniqliklarni boshqarish” deb nomlangan mazkur yig‘inda 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari, 50 ga yaqin tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, ilmiy doiralar vakillari va ekspertlar, jami 5 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, “ADF2026” doirasida 40 dan ortiq tadbir va sessiya, jumladan, yetakchilar ishtirokida panel muhokamalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sessiyalar davomida global tizimdagi chuqurlashib borayotgan noaniqlik va transformatsiya jarayonlari, shuningdek, mintaqaviy masalalar muhokama markazida bo‘ladi.
“ADF2026” tadbirlarini forumning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida jonli ravishda kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Jasmina Baxtiyorova,
O‘zJOKU talabasi