Anor qoldi, zahar yoʻqotildi...
Fuqaro Ch.D.ning tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, anor daraxti ostida parvarishlanayotgan 187 tup koʻknor giyohvandlik oʻsimligi daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Davlat bojxona qoʻmitasi Axborot xizmati xabar berishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Sariosiyo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Uzun tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda hovlisida koʻknor oʻstirayotgan fuqaro aniqlandi.
Fuqaro Ch.D.ning tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, anor daraxti ostida parvarishlanayotgan 187 tup koʻknor giyohvandlik oʻsimligi daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda bu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom etmoqda.