Amir Temur merosi ilmiy muloqotlar markazida bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, Temuriylar davrining ilm-fan, madaniyat va davlatchilik taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi atroflicha muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida konferensiya ishtirokchilari hamda keng jamoatchilik vakillari Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yib, buyuk sarkarda xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
[gallery-28671]
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari Sohibqiron Amir Temur tavallud topganining 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, bu yerda saqlanayotgan noyob eksponatlar, Temuriylar davriga oid tarixiy manbalar va madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdi. Ekskursiya davomida mehmonlarga Temuriylar davrida ilm-fan, me’morchilik va san’at sohalarida erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zA fotomuxbiri
Nosirjon HAYDAROV olgan suratlar.