Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman va shahar bosqichlari o‘tkazildi
Joriy yilning 28-30 yanvar kunlari respublikamiz bo‘ylab 7-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada yoshlarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning mantiqiy tafakkuri, tahliliy fikrlashi va bilimlarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


Navoiy viloyati bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadaning tuman va shahar bosqichlarida jami 3688 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ularning 1431 nafari matematika, 855 nafari informatika va 1402 nafari esa tabiiy fanlar yo‘nalishida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.


Olimpiadada har bir sinfdan fanlar kesimida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etadi.
A.Bo‘riyev, O‘zA