5 ming tonna mis quvuri ishlab chiqarildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Angren quvur zavodi tomonidan 5000 tonna mis quvuri tayyorlanib, joriy yil rejasi muddatidan oldin bajarildi.
Kombinat tarkibida, Angren erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritib kelayotgan ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlar nafaqat ichki bozorlarimiz, balki xorij bozorida ham iste’molchilar e’tirofini qozonmoqda.

Jumladan, korxona tomonidan tayyorlanayotgan mis quvurlari asosan eksportga yo‘naltirilib, eksport bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Xususan, 2020 yilda 3 ming 380 tonna mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda qariyb 3 ming 627 tonna turli hajmdagi mis quvurlari eksport qilindi.
Angren quvur zavodi tomonidan ichki bozorga qariyb 1 ming 420 tonna mahsulot yetkazib berilib, bu boradagi reja 129 foizga bajarildi.
O‘zA