20 noyabr – Butunjahon bolalar kuni
BMT tomonidan 1954 yilda qabul qilingan rezolyutsiyada 20 noyabrni Butunjahon bolalar kuni sifatida nishonlash tavsiya etilgan.
20 noyabr sanasining yil taqvimiga muhim sana sifatida kiritilishiga 1959 yilda "Bola huquqlari haqidagi deklaratsiya", 1989 yilda "Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya" ning qabul qilinganligi asos qilib olingan.
Ushbu muhim sana dunyodagi bolalar farovonligini oshirishga, dunyo miqyosida bolalar manfaatlari yo‘lida BMT tomonidan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirishga qaratilgan.
Joriy yilda ushbu sana munosabati bilan O‘zbekistondagi tarixiy va zamonaviy ob’ektlar ko‘k rangda yoritiladi.
Bundan maqsad – jamoatchilik e’tiborini bola huquqlari masalasiga qaratishdir.