10 ming dollar evaziga sud hukmini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati mahalliy fuqaroga nisbatan sud idoralari tomonidan tayinlangan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘zining sud tizimidagi tanishlari orqali ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.