Ziyoratchilar haj safariga kuzatildi
Ma’lumki, yurtimizda muborak Haj ibodatlarini ado etishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Joriy yil ham O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 mingta etib belgilandi.
Xususan, bugun Toshkent viloyatidan hajga boruvchi ziyoratchilarning dastlabki yetti guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Yurtdoshlarimiz reja bo‘yicha dastlab Madinada, so‘ngra, Makkada bo‘lishib, Haj amallarini to‘liq va mukammal bajarishga kirishadi. Hajga borish har bir musulmonning orzusi. Shu tufayli bu yil Toshkent viloyatidan jami 1.2 ming nafarga yaqin kishi haj ibodatlarini ado etadi.






Ziyoratchilarni kuzatish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga viloyat mutasaddilari chiqdi. Viloyat bosh imom-xatibi ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatib duolar qildi.
A.Musayev, O‘zA.