“ZIYO CUP” kibersport turniri tashkil etildi (+video)
Turnirning saralash bosqichida respublika bo‘ylab 105 ta davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan 900 dan ziyod talaba ishtirok etdi. Umuman olganda, 140 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi ushbu musobaqaga qiziqish bildirgan bo‘lib, bu kibersportga bo‘lgan yuqori qiziqishni yana bir bor tasdiqladi.
Yakuniy bosqichda jamoalar o‘rtasida keskin va murosasiz bahslar kechdi. Turnir yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
· 1-o‘rin — 20 000 000 so‘m,
· 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m,
· 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m,
· 4-o‘rin — 5 000 000 so‘m.
G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi tashkil etilib, ularga diplom, sovrin va esdalik sovg‘alari topshirildi. Final bosqichida ishtirokchilar uchun maxsus ko‘ngilochar dasturlar uyushtirilib, hamkor tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha sovg‘alar taqdim etildi.
“ZIYO CUP” turniri yoshlarning kibersportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni professional darajada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida o‘z ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TgvzOAVMbq4" title="“ZIYO CUP” kibersport turniri tashkil etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA