Zilzilani oldindan aniqlashning yangi usuli kashf etildi
Kaliforniya texnologiyalar instituti (AQSh) geolog olimlari yer osti mayda silkinishlari tahlili asosida yuz beradigan yirik zilzilalar sodir bo‘lishini oldindan aniqlashning yangi usulini kashf etdilar.
Kaliforniya texnologiyalar instituti (AQSh) geolog olimlari yer osti mayda silkinishlari tahlili asosida yuz beradigan yirik zilzilalar sodir bo‘lishini oldindan aniqlashning yangi usulini kashf etdilar. Bu haqda AQShning "Science" jurnalida ma’lum qilindi.
Avvallari yuqori magnitudali zilzilalar prognoz seymograf uskunasi bilan bir nechta kichik yer osti silkinishlarini aniqlash va statistik ma’lumotlarga asoslangan holda amalga oshirilar edi.
Kaliforniya texnologiyalar instituti tadqiqotchilari tomonidan sun’iy intellekt va statistik ma’lumotlar asosida ixtiro qilingan kompyuter modeli yordamida seysmik faollikning paydo bo‘lishi va uni yer qaridan yer sathigacha ko‘tarilib yoyilishi jarayonlarini kuzatish mumkin.
Ushbu yangilik sayyoramizda yuz beradigan zilzila ofatini oldindan aniqlash imkoniyatini beradi.
Ixtiro sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Hozirda uni amaliyotga tatbiq qilish ishlari amalga oshirilmoqda.