Zidan “Real”ga Salohni olib kelmoqchi
Xabaringiz bor, Madridning “Real” klubi rahbariyati yozda bir necha katta transferlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
Ayni paytda madridliklar Klian Mbappe, Erling Xoland va Jeydon Sancha transferi bo‘yicha ish boshlashni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, bosh murabbiy Zinedin Zidan ushbu transferlarga qo‘shimcha ravishda “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni ham jamoaga olib kelmoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, misrlik futbolchining o‘zi ham “Liverpul”dan ketishni istamoqda.
Muhammad Salohning jamoadan ketishiga asosiy sabab to‘purar bo‘lishiga qaramasdan muxlislar tomonidan tanqid qilinayotganidir. Muxlislar fikriga ko‘ra, Saloh “Nyukasl”, “Fulxem” kabi jamoalarga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda qulay vaziyatlardan foydalana olmagan va shu sababli jamoa ochko yo‘qotgan, deyilmoqda.
O‘zA