Zelenskiy va Guterrish telefon muloqoti o‘tkazdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish telefon orqali 120 kunga uzaytirilgan don kelishuvini muhokama qildi. Bu haqda Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida yozdi.
“BMT Bosh kotibi bilan suhbat chog‘ida Qora dengiz orqali Ukraina donini tashish tashabbusini davom ettirishdagi sa’y-harakatlari hamda “Ukrainadan don” deb nomlangan gumanitar oziq-ovqat tashabbusini qo‘llagani uchun minnatdorlik bildirdi”.
Zelenskiy “Ukrainadan don” dasturini “G20” sammitidagi videomurojaatida batafsil tushuntirib bergan edi. Unga ko‘ra, tashabbusni qo‘llagan davlatlar Ukrainada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishlari, so‘ngra uni ochlik yoqasida turgan mamlakatlarga yetkazib berishlari nazarda tutilgan edi.
O‘zA