Zelenskiy: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 10 000 harbiy yuborishi mumkin (+video)
Ukraina Prezidenti razvedka ma’lumotiga tayanib, Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 10 000 harbiy yuborish bo‘yicha reja tuzganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 8 000 askar allaqachon RFga yetib borgan. Bu haqda DW xabar berdi.
Vladimir Zelenskiy kechagi video murojaatida Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi hisobotidagi yangi ma’lumotga tayanib shunday degan.
Yetakchi so‘zlariga ko‘ra, hozir harbiy xizmatchilar tayyorgarlikdan o‘tish va keyinchalik Rossiyaga yuborish uchun saralanmoqda. Shuningdek, rus hukumati urushda ishtirok etish uchun xorijliklarni yollash jarayonini kengaytirish niyatida.
– RF armiyaga chet davlatlardan odam olib, ularni Ukraina bilan urushga jalb qilmoqda, – degan davlat rahbari. – Rossiyaga askar berayotgan davlatlar rahbarlari bu amaliyotni to‘xtatish chorasini ko‘rishi kerak. Biz bu haqda o‘sha yurtlar hukumatiga ma’lumot beramiz.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy KXDR Rossiyani urushda qo‘llab-quvvatlash uchun allaqachon 15 000 harbiy yuborgan. Taxmin qilinishicha, bunga javoban Pxenyan Moskvadan pul, harbiy texnologiya va xavfsizlik kafolati oladi.
Avgust oyida Zelenskiy Shimoliy Koreya Rossiya hududiga 50 000 nafargacha jangchi joylashtirmoqchi ekanini aytgan.
Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, (video) O‘zA