Zaynab Dayibekova jahon kubogida ishtirok etmoqda
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shu kunlarda Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning ayollar dasturida hamyurtimiz Zaynab Dayibekova jahon reytingidagi 22-o‘rniga egaligi sababli medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.
Hamyurtimiz 1/64 final bosqichidan bahslarga qo‘shilmoqda. U 1/32 finalga yo‘l olish uchun fransiyalik Amaliya Emini (43) mag‘lubiyatga uchratishi kerak.
Zaynab ushbu raqib to‘sig‘idan o‘ta olsa, yaponiyalik Norika Tamura (11) hamda italiyalik Eliza Passaro (54) bahsi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
O‘zA