Zamonaviy sport maskani
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 3-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 430 nafar o‘quvchi sportning basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol, mini futbol, stol tennisi, kurash kabi turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Ularning 182 nafari qizlardir.

Maktabda hududdagi Mudin, Pudina, Esaboy qishloqlari bolalari malakali murabbiylardan saboq olmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bunyod etilib, o‘tgan yili foydalanishga topshirilgan ushbu zamonaviy sport maskani zarur inventarlar bilan to‘liq ta’minlangan.