Zamonaviy ma’rifat maskani
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining axborot-resurs markazi 130 mingdan ziyod kitob fondiga ega bo‘lib, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimini, intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida xizmat qilmoqda.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining axborot-resurs markazi 130 mingdan ziyod kitob fondiga ega bo‘lib, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimini, intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida xizmat qilmoqda.– Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan markazimizda kitobxonlar bosma, elektron resurslardan hamda internet manbalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega, – deydi markaz rahbari Rita Amanboyeva. – Adabiyotlarning elektron nusxalarini yaratish ishlari izchil olib borilmoqda. Ayni paytga qadar 80 ming 900 ilmiy va badiiy adabiyotlarning elektron katalogi shakllantirildi.