Zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, o‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan 588 maktabgacha ta’lim tashkilotining qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgani ham ushbu ishlarning uzviy davomidir. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida mutasaddilar, bolajonlar hamda ularning ota onalari qatnashdi.
Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 1990 yilda qurilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida biron marta ham ta’mirlanmagan edi. 840 o‘rinli mazkur ta’lim muassasasida olib borilgan kapital ta’mirlash jarayonida 28 ta bolalar ayvonchasi yangidan qurildi, oltita bino va bitta oshxona rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari modul qozonxona o‘rnatildi, issiqlik tizimi tortildi, ichimlik suv va oqova suv tizimlari yangidan bajarildi, tashqi elektr yoritish va elektr ta’minoti tizimi yangilandi.



Gulnoza Boboyeva, O‘zA