Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ko‘pchilik biladi (+video)
“Ularni taniysizmi?” loyihasi
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.
Bu satrlar muallifi barchamiz uchun qadrli. Har yili 14 fevral sanasi yaqinlasharkan yurtimizda ulug‘ alloma, buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud bayrami keng nishonlanadi. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega.
Buyuk Amir Temurning beshinchi avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilda Andijonda tug‘ilgan. Ayni kunlarda mamlakatimizda ulug‘ bobomiz tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda. Tashkilot va korxonalarda, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlar o‘tkazilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3wZoUX_zywk" title="Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ko‘pchilik biladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Albatta, biz ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan merosni o‘rganishimiz, uni keng targ‘ib etishimiz kerak. Xo‘sh, bugungi kunda yurtdoshlarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqida nimalarni biladi? Uning merosidan qanchalik xabardor? So‘rovimizda ana shularga e’tibor qaratdik.
Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. “Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni. Jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik. Eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan.
Umuman olganda, bugungi kunda ulug‘ bobomiz tavalludining 540 yilligi ilm-ma’rifat bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.
Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA