Yurtning ertangi taqdiri yoshlar qo‘lida
Mamlakatimiz yoshlariga e’tibor nechog‘lik katta ekani Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida ham yaqqol aks etgan.
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov rahbarligida videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan yig‘ilishda ham bu jihatlar yana bir karra o‘z ifodasini topdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida yoshlar oyligini joylarda yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligini tantanali nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro hamda respublika miqyosidagi tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish kabi masalalar muhokama etildi.

Hududlardagi madaniyat markazlari to‘garaklari sifatini yaxshilash va faoliyatini yanada jonlantirish, Bolalar musiqa va san’at maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar joylardagi madaniyat va istirohat bog‘larini hisobdan o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.
Joylardagi yosh ijodkorlarni sohaga keng jalb etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlar bazasini shakllantirish bo‘yicha mavjud tajriba va amaliyotlarni yanada takomillashtirish davr talabi ekaniga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
N.Usmonova, O‘zA