Yurtimizda tadbirkorlik yanada rivojlanadi
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini katta qiziqish bilan tingladik.
Murojaatda Davlatimiz rahbari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, Prezidentimizning:
«Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘riladi. Tadbirkorlarning yer-mul ksolig‘ini to‘lash muddati yana bir yilga uzaytiriladi.
Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6 trillion so‘m kredit ajaratiladi.
Qishloqlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yuz million so‘m ajratiladi.
Tadbirlarni kompleks himoya qilishga qaratilgan “Tadbirkorlik kodeksi” ishlab chiqiladi» degan so‘zlarini tinglab, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tibordan behad xursand bo‘ldim.
Men shu yurtning bir farzandi, tadbirkorlar bilan bevosita ishlash tizimi vakili sifatida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, keng ko‘lamli islohotlar davomiyligini ta’minlashda Murojaatnomada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Davlatimiz rahbari ilgari surilgan tashabbuslar mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘taradi, desam aslo xato qilmagan bo‘laman.
ishlar yuqoridagi kabi ishlar jamiyat ravnaqini yanada yuqori darajaga ko‘tarishda qaratilgan Davlatimiz rahbarining murojaatida ilgari surilgan vazifalar to‘la-to‘ks amalga oshirildi, desam aslo xato qilmagan bo‘laman.
Chunki jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy kuch, shubhasiz, tadbirkorlardir. Buni joriy yilda boshimizdan o‘tkazgan pandemiya yana bir bor ko‘rsatib berdi. Qiyin paytlarda og‘ir sharoitda qolgan, ehtiyojmand oilalarga, umuman, xalqimizga eng avvalo, tadbirkorlar ko‘makchi bo‘ldi. Ana shunday qiyin bir davrda ham mamlakatimizda tadbirkorlik, ayniqsa, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, opa-singillarimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ularning qo‘llab-quvvatlash va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan e’tiborga molik ishlar olib borildi. Bu pandemiya sabab hayotimiz, iqtisodiyotimizda yuzaga kelgan qiyinlarda oson chiqishimizga imkon berdi.
Jumladan, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Andijon viloyati bo‘linmasi tomonidan ham xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasbga qayta o‘qitish singari yo‘nalishlarda qator loyihalar amalga oshirildi. Ana shu loyihalar doirasida viloyatdagi 2,5 ming nafardan ziyod xotin-qiz turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitildi.
Ishonamanki, Murojaatnomada tadbirkorlikni riojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar yurtimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Nargiza MIRZALIMOVA,
«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Andijon viloyat bo‘limi ijrochi direktori.