Yurtdoshimizning pasporti ish beruvchidan olib berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga o‘zbekistonlik mehnat migranti shikoyat bilan murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro 6 oy oldin Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatiga Belarus davlati orqali kelib “XIMPEK” korxonasiga ishlagan.
So‘nggi paytlarda salomatligi yomonlashib ishlay olmagan va ish beruvchidan pasportini so‘ragan. Ish beruvchi hujjatni qaytarishdan bosh tortgan. Shundan keyin fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Vakolatxona xodimlari tomonidan ish beruvchi vakillari bilan muzokaralar olib borilib, natijada fuqaroga pasport qaytarildi.