Yurt ravnaqi uchun ovoz berdim
FOTOREPORTAJ
Bugun erta tongdan boshlangan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga fuqarolar yuksak mas’uliyat bilan yondashib, mamlakat kelajagi uchun daxldorligini namoyish etmoqda.
Buni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 30-saylov uchastkasida ham kuzatish mumkin.
Mazkur saylov uchastkasida 1679 nafar saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 58 nafari birinchi bor saylash huquqidan foydalanmoqda. 84 fuqaro muddatidan oldin ovoz bergan.
– Saylovda ilk bor ishtirok etishim, - deydi saylovchi Husniddin Barotov. – Davlat rahbarini tanlashda bevosita qatnashar ekanman, o‘zimda ham g‘urur ham yuksak mas’uliyatni his etdim. Boisi, biz, saylovchilar o‘z ovozimiz bilan mamlakatimizning ertangi ravnaqini belgilab beramiz. Shu bois, o‘zim eng munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.
[gallery-12680]
Kamola Yusupova, Davron Ernazarov (surat), O‘zA