Yumshoq o‘yinchoqlar yomg‘iri (+video)
Toshkentning “Humo” xokkey klubi har yili bemor bolalar uchun xayriya tadbirini o‘tkazib keladi. Bu yil ham ushbu an’anaga sodiq qolgan holda Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida yumshoq o‘yinchoqlar yomg‘iri tashkil etildi.
Dastlab Qozog‘iston ochiq chempionati doirasida “Humo” o‘z uyida “Aktobe” jamoasini qabul qildi. Jamoalar o‘rtasidagi bahs 2:1 hisobida yakunlandi. Mazkur uchrashuvda g‘alaba qozonish “Humo” klubi uchun muhim ahamiyatga ega emasdi. Sababi, jamoa muddatidan avval pley-off masalasini hal qilgandi.

Mazkur uchrashuv yakuniga yetganidan so‘ng, muxlislar o‘zlari bilan olib kelgan yumshoq o‘yinchoqlarni muzga tashladi.
Xayriya shaklida o‘tkazilgan o‘yindan tushgan barcha mablag‘lar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor tarbiyalanuvchilariga, shuningdek, og‘ir tibbiy tashxisi bor bolajonlarni davolashga yo‘naltiriladi.

Maktabgacha ta’lim agentligi hamda “Humo” xokkey klubi xodimlari tomonidan xayriya o‘yinidan tushgan ushbu o‘yinchoqlar o‘z egalariga topshirilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/54UBWwJo-E4" title="Yumshoq oʻyinchoqlar yomgʻiri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Mohigul Qosimova, O‘zA