Yulian Nagelsmann: «Manuel Noyer Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘ladi»
Terma jamoa ustozi mazkur qarorga kelishi sabablarini izohladi.
Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Myunxenning «Bavariya» klubi posbni Manuel Noyer AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan JCh-2026 musobaqasida jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lishini rasman tasdiqladi. Bu haqda «Sky Sport Germany» nashri xabar berdi.
Terma jamoa ustozi mazkur qarorga kelishi sabablarini quyidagicha izohladi:
— Ha, men Manuni asosiy darvozabon etib tayinlashni rejalashtirganman, — dedi Yulian Nagelsmann. — Manuel atrofida qanday kuchli aura borligini hamma yaxshi biladi. Mening nazarimda, bu eng to‘g‘ri qaror.
Bundan tashqari, mutaxassis ushbu qaror «Xoffenxaym» klubi darvozaboni Oliver Baumann uchun kutilmagan holat bo‘lganini qayd etdi. Nagelsmann Baumannning mahoratini yuqori baholab, uni jahon darajasidagi posbon deb atadi. Boshmurabbiy Noyerni terma jamoaga chaqirish qarori jamoatchilik o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lganini tan oldi, biroq endilikda bu boradagi barcha bahslar yakunlanganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.