Yozning jaziramasida limon agrotexnikasi (+video)
Qishloq xo‘jaligida fan bilan amaliyotning uyg‘un holda olib borilishi soha rivojiga xizmat qiladi. Limonchilik sohasida uzoq yillik tajribaga ega, seleksioner olim Muhammadaziz Faxriddinovning ilmiy izlanishlari agrar tarmoq vakillari uchun yozning jazirama kunlarida o‘simliklarni saqlab qolishda qo‘l kelishi tabiiy.
Shu kunlarda respublikada havo harorati ko‘tarilib bormoqda. Bunday pallada limon o‘simligini jaziramadan qanday himoya qilish mumkin? Zero, har sohada bo‘lgani kabi limonchilikning ham o‘z sir-sinoatlari bor. Ushbu yo‘nalishda chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan “Mevachilik va uzumchilik” kafedrasi ilmiy xodimi, professor Muhammadaziz Faxriddinov bilan suhbatlashdik.
- Muhammadaziz aka, fuqarolarimizga, issiqxona xo‘jaliklarini yuritayotganlarga sitrus o‘simliklarini jazirama issiqdan saqlash uchun qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
- Yoz kunlarida qattiq jaziramalardan himoya qilishda akademik, marhum Zayniddin Faxriddinov bir necha uslublarni ishlab chiqqanlar. 1960-yillarda Erondan issiq havo kirib kelganda, yoz chillasidan oldin har bir issiqxonani plyonkasini olib tashlab ustiga bo‘z mato yopilgan. Orasini 20 santimetr joy qoldiriladi. Natijada limonning hosilini ham oftob urmagan, barglari ham kuyib ketmagan. Agar usti oynali issiqxona bo‘lsa loyni suyultirib sepiladi. Setkali matolardan ham foydalansa bo‘ladi.
- Agar limonni quyosh nuridan to‘smasak, ochiq havo o‘simlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
- Bizning O‘zbekiston iqlim-sharoitida 15-apreldan issiqxonalar plyonkali bo‘lsa usti ochib tashlanadi. Qora setka yoki bo‘z mato tutiladi. (davomi videoda)
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/zCArg7PJFM0" title="Limon yozning jaziramasidan qanday saqlanadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Sanjar Toshpo‘latov, Hamroz Bayonov, Iskandar Ismatov, O‘zA