“Yoshlik” – Xorazm viloyati chempioni
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Xorazm viloyati havaskorlar futbol ligasi – 2020” birinchiligining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Urganch shahridagi Sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining “Yoshlik” hamda “Xorazm U-18” jamoasi o‘zaro kuch sinashdi.
Qizg‘in kechgan o‘yinda raqiblariga nisbatan tajribali bo‘lgan “Yoshlik” jamoasi 8:2 hisobida g‘alaba qozonib, 2020 yilgi viloyat chempioni nomini qo‘lga kiritdi. Natijada, “Xorazm U-18” jamoasi ikkinchi o‘rin bilan kifoyalanishiga to‘g‘ri keldi. Faxrli uchinchi o‘rin hozarasplik futbolchilarga nasib etdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar viloyat hokimligining tegishli diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchilari va boshqa ishtirokchi jamoalar munosib rag‘batlantirildi.
Muhammad Ali Sultonov (surat), O‘zA