Yoshlarning taklif va tashabbuslari o‘rganildi
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar quriqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mahmudjon O‘rinboyevlar ishtirokida Yakkasaroy tuman yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ertamiz egalari o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, joylarda hokimlar yosh avlod vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganmoqda.

Tadbirda o‘sib kelayotgan yosh avlodning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari hamda kitob mutolaasi borasidagi izlanishlari, pirovardida ma’lum bir yutuqlarga erishayotgani e’tirof etildi. Yoshlar o‘zlarining yutuqlari, rejalari, maqsadlari haqida gapirdi, takliflarini bildirdi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosiga bag‘ishlangan tadbir hamda Yakkasaroy tumanidagi maktablarda tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ko‘rgazmalar taqdimoti tashkil etildi.



Yakunda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova yoshlardan tushgan taklif va e’tirozlarni tegishli mas’ullarga yo‘naltirib, ijrosi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Mas’ullar tomonidan yoshlarga kitob to‘plamlari sovg‘a qilindi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA