Yoshlarga diplom va mehnat daftarchasi topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan yoshlarga mutaxassislik diplomlarini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan yoshlarga mutaxassislik diplomlarini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.Bu yil Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 91 kasb-hunar kollejini 96 mutaxassislik bo‘yicha 24 mingdan ziyod o‘quvchi bitirdi. Ularni ishga qabul qilishni rejalashtirgan 10 ming 600 dan ortiq korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklari bilan uch tomonlama shartnomalar tuzildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratildi.
Xo‘jayli aloqa kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan “Xayr, kollejim!” deb nomlangan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar o‘zining yuksak samaralarini berayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda kollejni 4 mutaxassislik bo‘yicha bitirayotgan 126 nafar yoshlarga diplom va mehnat daftarchalari topshirildi.
– Men pochta aloqasi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘ldim, – deydi kollej bitiruvchisi Shinar Ortiqboyeva. – Kelgusida shu sohada oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish niyatidaman.