Yoshlar yetakchilari reytingi e’lon qilindi
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 200 dan ziyod yoshlar yetakchilari faoliyati, ularning xizmat vazifalarida o‘sish suratlari, ishda o‘zini ko‘rsatish jihatlari tahlil qilindi. Ma’lum xulosalar chiqarildi.
O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, yoshlar yetakchilarining katta qismi o‘tgan davr mobaynida ishdagi samaradorligi tufayli yuqori vazifalarga saylangan, tayinlangan.
Joriy yilgi e’lon qilingan Top-30 talik reytingdan joy olganlarning aksariyati Yoshlar ishlar agentligi, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati va turli xil tashkilotlar tizimida mustaqil rahbar sifatida sezilarli o‘sishga erishganlarni tashkil etgan, deyiladi Yoshlar ishlari agentligi xabarida.
G.Boboyeva, O‘zA