Yoshlar uchun “Yulduzlar tashrifi”
Poytaxtimizning Pushkin nomidagi bog‘ida Yakkasaroy tumani hokimligi hamda madaniyat bo‘limi hamkorligida “Yoshlar bilan 100 kun” loyihasi doirasida “Yulduzlar tashrifi” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat targ‘ibotchilari, harbiylar, blogerlar, taniqli estrada xonandalari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.


Tadbirda yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, fidoyilik kabi g‘oyalarni shakllantirish hamda yoshlarni tanlagan kasbiga sadoqat ruhida ulg‘aytirish kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirildi.
Elimiz suygan san’atkorlar Rashid Xoliqov, Alisher Fayz, Botir Qodirov, Nilufar Usmonova, Afruza, Yorqinxo‘ja Umarov hamda “Dizayn” jamoasi a’zolari ijrosida kuy-qo‘shiqlar tinglandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA