Yoshlar uchun konferensiya
Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyodagi eng global yoshlar loyihalaridan biri hisoblangan Toshkent xalqaro BMT modeli konferensiyasini o‘tkazdi.
Unda 200 dan ortiq iqtidorli yoshlar hamda talabalarning global muammolari yechimiga qiziqqan insonlar ishtirok etdi.
Konferensiyada talabalar “COVID-19 pandemiyasi vaqtida ochlik, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi tanqisligi bilan bog‘liq zamonaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan iqtisodiy tiklanish», «COVID-19 ning qochqinlar hayotiga ta’siri», «Mojaroli hududlarda bolalarning maktab ta’limi», «Rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror energiya manbalarini kengaytirish», «17 barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda jinoyatning oldini olish, jinoyatda odil sudlov va qonun ustuvorligi», «COVID-19 ning dunyo tinchligi va xavfsizligiga ta’siri», «COVID-19 va vaksinalar tarqalishi» kabi mavzularni muhokama qilishdi.
Uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkiloti va talabalar o‘rtasida yoshlarning bir qator murakkab masalalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazish va global muammolarga o‘z yechimini taklif etish imkonini berdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA