Yoshlar prokuror sovrini uchun maydonda to‘p surdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida yoshlar o‘rtasida prokuror sovrini uchun futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa viloyat prokuraturasi tomonidan otaliqqa olingan maktablarda yoshlarning jismoniy salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-19296]
Musobaqa qizg‘in va murosasiz kechib, ishtirokchilar o‘rtasida haqiqiy sport ruhi va do‘stona raqobat muhitini yaratdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, 58- va 64-maktab jamoalari uchinchi, 52-maktab o‘quvchilari ikkinchi, 56-maktab jamoasi esa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA