Yoshlar ko‘zida minnatdorlik va yuksak motivatsiya mujassam – eksklyuziv intervyu (+video)
Prezident bilan ochiq muloqot – yoshlar qalbidagi orzu va tashabbuslarga keng yo‘l ochgan unutilmas uchrashuv bo‘ldi.
Tadbirda ishtirok etgan faol yoshlarimiz turli sohalar bo‘yicha o‘z taklif va g‘oyalarini ishonch bilan bildirib, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. Eng muhimi, ularning har bir fikri e’tibor bilan tinglanib, qo‘llab-quvvatlanishi yoshlarda katta ruhiy ko‘tarinkilik va ishonch uyg‘otdi.
Intervyular davomida yoshlar ko‘zlaridagi quvonch, qalblaridagi faxr va kelajakka bo‘lgan ishonch yaqqol sezildi. Ular bu uchrashuvni nafaqat muloqot, balki o‘z orzu va maqsadlariga yanada yaqinlashish imkoniyati sifatida baholashdi.
Qisqa intervyulardan iborat videorolikda ana shu samimiy his-tuyg‘ular, minnatdorlik va yuksak motivatsiya mujassam. Uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tomosha qilib, yoshlarimizning ilhom baxsh etuvchi fikrlari bilan tanishing.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MsOaN4mecug" title="Yoshlar ko`zida minnatdorlik va yuksak motivasiya mujassam – eksklyuziv intervyu" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV, Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA