Yoshlar harbiylar hayoti bilan tanishdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanidagi harbiy qismda ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Unda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar harbiy qismning kundalik hayoti, tartib-intizomi va Vatan muhofazasidagi mas’uliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ishtirokchilar dastlab birgalikda ko‘chat ekdi. Ushbu ramziy amal yoshlarda yashil muhit, pok niyat va barkamol kelajakka bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Qurolli Kuchlarimiz texnika va jihozlari namoyishi, har bir texnika haqidagi qiziqarli ma’lumotlar yoshlarda harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. Jangavor chiqishlar esa tadbirning tantanali qismiga aylandi. Mardlik, jasorat va intizomga boy tadbir yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirdi.
[gallery-26417]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA