Yoshlar bojxonachilar faoliyati bilan tanishdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan bojxona boshqarmasi boshlig‘i va Termiz shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-18385]
Uchrashuvda yoshlarimiz milliy bojxonamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, bojxonachi kasbining mas’uliyati va sharafi, soha xodimlariga yaratib berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Bojxona institutida tahsil olish to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Tadbirda faollik namoyon etgan yoshlar munosib taqdirlandi.
Uchrashuv so‘ngida tashkil etilgan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, bojxona xizmatida qo‘llaniladigan maxsus texnikalar, kinologiya xizmati itining ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarda bojxona kasbiga hurmat va qiziqish tuyg‘ularini oshirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA