Yoshlar bandligini ta’minlash pirovard maqsad!
«bugungi kunda respublikamizda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 18 milliondan oshdi. Bu esa mamlakatimiz aholisining 55 foizi degani. Hozirgi kunda yoshlar orasida ishsizlik darajasi 17 foizni yoki 844 ming nafarni tashkil etmoqda».
Shavkat Mirziyoyev:
bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash va ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Prezidentimiz tomonidan har yili Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatlarida hamda viloyatlarga tashriflarida barcha sohalarga ayniqsa, yoshlar muammolari hamda ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘z nutqlarida to‘xtalib o‘tadilar.
Masalan, 2020 yilda Prezidentimiz «Yoshlar forumi»da ishtirok etib, yoshlar bilan uchrashuvda «Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman», deb ta’kidladilar. Bu esa, bugungi kunda men va men kabi yoshlarni uchun bo‘layotgan e’tibor va e’tirofdan deb bilaman.
Joriy yilda Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatlarida ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kasbga o‘rgatish hamda yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarurligi aytib o‘tildi.
Yangi O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz.
Ana shu muhim yo‘nalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2021 yilga mamlakatimizda «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili», deb nom berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan videoselektorda prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlarni tanqidga qilindi.
Yoshlarni tadbirkorligi rivojlantirish uchun tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarning mini-texnologiya va uskunalar xarid qilishi uchun subsidiya ajratish, kredit olishda sug‘urta to‘lovi bo‘yicha ko‘maklashish yuzasidan topshiriqlar berildi. Bu endigina o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarimizga yana bir imkoniyatdir.
Yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida, «Ishga marhamat» monomarkazlarida, shuningdek, qator oliy ta’lim muassasalari va yirik sanoat tarmoqlarida malakani baholash markazlari tashkil etilib, bu orqali joriy yilning o‘zida 30 ming yigit-qizga malaka sertifikati berish hamda har 10 gektar ekin yeridan 1 gektarini yoshlarga dehqonchilik uchun ajratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, yoshlarning ijtimoiy masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. bugungi kunda 129 ta oliy o‘quv yurtida 500 mingdan ortiq talaba o‘qiyotgani, lekin ular yotoqxona bilan yetarlicha ta’minlanmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Oxirgi 4 yilda OTMlar soni 47taga ortdi. bugungi kunda 129ta OTMda 500 mingdan ortiq talaba ta’lim olyapti. Lekin poytaxtning o‘zidagi jami 85ta talabalar uyida atigi 13 foiz yoshlar turar joy bilan ta’minlangan.Yoki 18 ming talaba tahsil olayotgan Samarqand davlat universitetida bor-yo‘g‘i 1 600 o‘rinli yotoqxona mavjud.Shuning uchun 2021–2023 yillarda talabalar uylari tashkil dasturi 1 oy ichida ishlab chiqiladi.
Yoshlar bilan ishlashda ularning bandlini taxminlash, kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda tizimli ishlar tashkil etiladi. Chekka hududlardagi yoshlarni muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha ham chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish lozim. Bu esa yoshlarni bandligi ta’minlash muhim omillar hisoblanadi.
Bahrom Rahmonaliyev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zLiDep fraksiyasi a’zosi