Yosh tennischilar bahsi
Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi va mamlakatimiz stol tennisi federatsiyasi tomonidan yoshlar oʻrtasida Olimpiya oʻyinlari turkumiga kiruvchi stol tennisini yana-da ommalashtirish, ular oʻrtasida sport orqali sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida musobaqa tashkil etildi.

Poytaxtimizdagi Uchtepa tumani 1- bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilgan stol tennisi boʻyicha musobaqada 50 nafar yigit-qiz oʻzaro bahslashdi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida Olimxoʻja Muhiddinxoʻjayev barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Abduvohid Atamboyev kumush medal bilan taqdirlandi. Farrux Azimov va Farrux Muhiddinov esa bronza medaliga sazovor boʻldi. Qizlar oʻrtasida Omina Ismoiljonova, Sarvinozxon Toʻraxonova, Xumora Ergasheva hamda Salomat Teshaboyeva shohsupaga koʻtarildi.