Yosh taekvondochilar Bokuda bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Ozarbayjonning Boku shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tayotgan xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Gruziya kabi davlatlardan kelgan 200 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, turnirda mamlakatimiz sharafini IIV “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi taekvondo WT bo‘yicha murabbiyi Obidjon Abdurahmonov shogirdlari himoya qilmoqda.
Musobaqaning ilk kunida vazni -30 kg. bo‘lgan Usmon Abdug‘aniyev mezbonlar vakili Mehdi Safarov bilan raqobatlashib g‘alaba qozondi. Endi u navbatdagi bosqichda ozarbayjonlik Shahin Eynullayev va gruziyalik Luka Gvirdjishvili uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, turnir davomida E’zozaxon Rahmonova, Muhammad Ali Ismoilov kabi yosh taekvondochilarimiz ham o‘z vazn va yosh toifalarida bahslarga kirishdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA